Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi.
Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Yaqubjonovich Ergashev vafot etdi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
Avazbek Ergashev 1966-yil Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.
1992−2022-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urug‘chilik” birlashmasi raisi, “G‘o‘za urug‘chiligi” respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
U viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘lishidan oldin Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda maktab oʻquvchilariga noqonuniy diniy taʼlim berayotgan “hujra”lar aniqlandi Andijondagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi Andijon hududida yer silkinishi qayd etildi Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Andijonda terrorchi guruhlarga pul yuborgan shaxs 10 yildan koʻproqqa qamaldi