Andijon va Navoiyda “prava” olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Navoiy va Andijon viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbirda fuqaro B.N. fuqaro M.J.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki viloyat viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 dollar evaziga “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, 700 dollar va 4 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, “Vatanparvar tashkiloti”ning Andijon tumani klubi oʻrgatuvchi ustasi M.O. va “M.” MChJ avto maktabi oʻrgatuvchi ustasi D.P. fuqaro G.A.ga haydovchilik kursini oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Ular bu ishi evaziga 4,5 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.R. fuqaro S.U.ga “Vatanparvar tashkiloti”da ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik kursida oʻqiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs ushlandi Qoraqalpogʻistonda 3 bosh Buxoro bugʻusini oʻldirgan shaxs tabiatga 3,3 mlrd soʻmlik zarar yetkazdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Farg‘ona viloyatida “valyutchik”lar qo‘lga tushdi