O‘zbekiston

Amaldorlar odamlarga yetkazilgan zararni shaxsan qoplashga majbur bo‘ladi

Deputatlarning so‘zlariga ko‘ra, bu mansabdor shaxslarni yanada mas’uliyatli qiladi.

19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda deputatlar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Gap noqonuniy qarorlar va fuqarolar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq zararlar haqida ketmoqda. Bunday hollarda yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zarar sud qarori asosida albatta qoplanadi. Birinchi bosqichda zarar hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan qoplanadi.

Qayd etilishicha, keyinchalik ushbu mablag‘lar aybdor mansabdor shaxsdan to‘liq undirib olinadi. Endi xatoga yo‘l qo‘ygan amaldor davlat ortiga yashirina olmaydi. Mas’uliyat shaxsan uning zimmasiga yuklatiladi. Bu tizim:

  • davlat hisobidan noqonuniy foydalanganlarni jazolaydi;
  • mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytiradi;
  • fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun real va amaliy kafolat yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda amaldorlarning befoyda xizmat safarlariga qarshi kurash boshlanadi. Har bir safar yakuni bo‘yicha uning tashkilot ishi uchun samaradorligi baholanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная