11 Dekabr 2024, 14:00 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni yoqlab chiqdi

O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etish fikrini ilgari surdi.

Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni yoqlab chiqdi

Rossiyalik siyosatchi, LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Sluskiy Muhojirlar kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha taklif bergandi. O‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov ushbu holat bo‘yicha fikr bildirdi.

Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy qilishni ilgari surdi.

Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarning jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish, ish izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuchaytirish haqidagi rus siyosatchilarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, deb o‘ylayman.

O‘zbekistonda yashaydigan hamma o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerakligini biz ham shart deb hisoblaymiz va xorijga ish izlab borayotgan vatandoshlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini tan olamiz, deb yozadi Alisher Qodirov.

Milliy tiklanish partiyasi raisining fikricha, “bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakashlar tomonidan kamsitilishga rozi bo‘layotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, masʼuliyatsizlarcha hayotini sotib yuborib O‘zbekiston uchun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bo‘lamiz”.

Mashhur yangiliklar