O‘zbekiston

Alisher Qodirov o‘qituvchilarni 50 yoshda pensiyaga chiqarishga chaqirdi

Siyosatchi o‘qituvchining mehnatini maxsus xizmatlar xodimlari mehnati bilan taqqosladi va bu undan hech ham oson emasligini ta’kidladi.

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘qituvchilar 50 yoshida pensiyaga chiqishi kerakligini, chunki ular ham og‘ir sharoitlarda ishlayotganini aytdi, deya xabar bermoqda fraksiya matbuot xizmati.

Deputat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi doirasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Siyosatchi og‘ir mehnat sharoitlari tufayli 45 yoshida nafaqaga chiqayotgan uchuvchilar, maxsus xizmat xodimlari va boshqa xodimlarni misol qilib keltirdi.

O‘qituvchi og‘ir sharoitda ishlamaydimi? O‘qituvchiga sharoit yaratib bermabsiz. Siz unga 50 ta boladan iborat sinf berdingiz. Uning uch yili 30 yilga o‘xshaydi. 50 yoshida pensiyaga chiqsa bo‘lmaydimi? — dedi “Milliy tiklanish” partiyasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov o‘qituvchilarni baholash tizimini yaratish va yomon natija ko‘rsatgan o‘qituvchilarning maoshini kamaytirishni taklif qilgandi.

Ta’lim tizimiga juda katta mablag‘ ajratilmoqda. Bu juda to‘g‘ri, biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Lekin taxminan 50 trln dollar atrofida o‘qituvchilar maoshiga rejalashtirilgan moliyalashtirishdan kutilgan natijani olamizmi? Biz bu savolni Moliya vazirligiga berdik: bizda o‘qituvchini baholash tizimi bormi? Uni tuzib, yaxshi o‘qituvchiga ko‘p, yomoniga oz oylik beraylik, — dedi u.

Avvalroq Alisher Qodirov transport tizimini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi. Deputat turizmni rivojlantirish uchun idoralarning yetarlicha ishlamasligidan norozi bo‘ldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная