Rossiyalik faylasuf va siyosiy nazariyotchi Aleksandr Duginning ta’kidlashicha, suveren O‘zbekiston va sobiq SSSRning boshqa bir qator respublikalari mavjudligini “tan olish mumkin emas”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya nazorati ostida bo‘lmaydigan hududlar AQSH va Yevropa Ittifoqi, shuningdek, potensial Xitoyning “forpostlari”ga aylanadi.
Yoki ular bizning Yagona Ittifoqimizning bir qismiga aylanadi, yoki G‘arbning platsdarmiga aylanadi, — dedi Dugin.
U suverenitetini shubha ostiga qo‘ygan davlatlar qatoriga Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning hozirgi “uch qutbli dunyo”dagi maqsadi “eng muhim kuch markaziga” aylanishdir va u periferiyadagi mustaqil davlatlarni strategik tahdid sifatida ko‘radi.
Aleksandr Dugin Ilin nomidagi Oliy siyosiy maktab va Xalqaro Yevroosiyo harakatini boshqaradi. 2014-yilda Foreign Policy jurnali uni dunyoning eng nufuzli 100 nafar mutafakkiri ro‘yxatiga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Mariya Zaxarova Solovyovning Markaziy Osiyodagi maxsus harbiy operatsiyalar haqidagi so‘zlariga izoh bergandi. Rossiya TIV matbuot kotibi bu davlatning rasmiy pozitsiyasi emas, balki jurnalistning shaxsiy fikri ekanini aytdi.
Mavzuga doir: Chorasizlik va zaiflik — Qodirov Solovyovning Markaziy Osiyodagi maxsus harbiy operatsiyalar haqidagi so‘zlariga javob berdi. “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Rossiya ommaviy axborot vositalaridagi bayonotlar ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ruhiga zid ekanini aytdi.






















