15 Yanvar 2025, 18:35 Oʻzbekiston

Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev vafot etdi.

Aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshda vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Jo‘rayev 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

U ko‘p yillar davomida teatr hamda kino sohasida faoliyat yuritib, yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan.

Ravshan Jo‘rayev teatr hamda kino san’atini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida muxlislar qalbida mangu yashaydi, deyiladi xabarda.

Aktyor “Bobur”, “Chaqaloq”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Shaytanat”, “Buyuk sharaf” va boshqa filmlardagi rollari bilan tanilgan. U bir muddat Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘limi rahbari lavozimida ham ishlagan.

Mashhur yangiliklar