8 Fevral 2025, 11:31 Oʻzbekiston

Aktyor Husan Musaboyev vafot etdi

Taniqli oʻzbek aktyori Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi.

Aktyor Husan Musaboyev vafot etdi

Bugun, 8-fevral kuni “Doʻstlik” ordeni sohibi, el suygan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Taniqli oʻzbek aktyori va teatr arbobi – Husan Musaboyev 1954-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1976-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan.

Maʼlumot uchun, Husan Musaboyev “Ajoyib xayolparast”, “Bozor koʻrmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “Oʻgʻrigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi koʻplab filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.

Mashhur yangiliklar