AI-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan “zapravka”larga chora ko’rildi
AI-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
AI-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYQShlarda qoidabuzarliklar aniqlangan.
Xususan, Buxoro tumani Shergiron MFYda joylashgan “E.N.M.” MChJga qarashli AYQSh o‘rganilganda, 2024-yilning oktyabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganiga qaramay, 10, 16, 18-oktyabr kunlari davomida jami 11,3 tonna AI-80 avtobenzini birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmagan va xaridorlarga sotilmagani aniqlangan.
Bu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MChJga qarashli shoxobchada ham kuzatilgan. 19 931 litr miqdoridagi AI-80 benzini asossiz saqlab turilgani hamda 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr benzin shoxobcha hududida saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 5 ta AYQShda, ya’ni “S.O.757” MChJ, “O.X.” MChJ , “B.O.X.” MChJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYQShlarda AI-80 avtobenzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilayotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bitkoin narxi yana rekord darajaga yetdi Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028 yilga qoldirildi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi Andijonda sex tashkil qilgan fuqaro 6,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi