Agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi
Toshkent davlat agrar universiteti yotoqxonasining qurilishi ko‘plab kamchilik va sifatsiz ishlar tufayli to‘xtatildi.
Toshkent davlat agrar universiteti hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosining qurilishi to‘xtatildi, deya xabar bermoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Qibray tumanidagi OTMda yangi 400 o‘rinli talabalar turar joy binosini qurish davomida binoning ichki pardozlash ishlarida sanuzel xonalarning devor va pol yuzalarida kafel qoplamasini qoplash, karidor va xonalarning devor yuzalarida bo‘yyoq ishlariga tayyorgarlik, hamda binoning tashqi muxandis tarmoqlarini tortish va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgandi. Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligini nazorat qilish hududiy inspeksiyasi New Brand House qurilish kompaniyasi ishida qoidabuzarliklarni aniqladi.
Xususan, Bo‘lim bosh inspektori Ismoil Hamidovning so‘zlariga ko‘ra, devorlarga gipsokarton plitalarini yopishtirish jarayonida karkas uchun metall profillar o‘rniga oddiy gips ishlatilgan.
Xonalardagi kirish eshiklarining sarbastlari loyihalarga zid ravishda bajarilgan va tom yopish ishlarida umuman loyihaga amal qilinmagan. Bu obyektda texnik va ichki nazorat ishlamaganligini ko‘rsatadi, deya xabar beradi inspeksiya.
Bundan tashqari, obyektda binoning ichki pardozlash ishlarida ishchi loyihada devor yuzalarini pardozlashda suvoq ishlari, shpaklyovka va bo‘yoqlash ishlari ko‘rsatilgan, amalda esa loyiga zid ravishda gipsakarton qoplamalarning ostki qismida ayrim joylarida rotbang qorishmasi qo‘yilib sifatsiz qilib bajarilgan.
Binodagi ichki elektromontaj ishlari loyihada mis simlardan bajarilishi o‘rniga amalda alyumin simlardan montaj qilingan.
Qurilish vazirligining xabar berishicha, pudratchiga qoidabuzarliklar bo‘yicha 14 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgan. Bunda obyektda qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilotiga 5ta ko‘rsatma, loyiha tashkilotiga 4ta ko‘rsatma va pudrat tashkilotiga 5ta ko‘rsatma taqdim etilgan. Shuningdek, tashkilotlarga uch marotaba jarima tayinlangan. Ammo ish davom etgan, deyiladi xabarda. Binoda qayta texnik tekshiruv o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi