O‘zbekiston

Afrosiyob poyezdlarida endi Wi-Fi mavjud

Tashqaridan signalning o‘tishi kuchsiz bo‘lgani uchun vagonlar maxsus uskunalar bilan jihozlangan.

Afrosiyob tezyurar poyezdlarida internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi, deb xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov matbuot xizmati.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, poyezdning metall konstruksiyasi tufayli tashqaridan signal yaxshi o‘tmaydi. Shu bois vagonlarga maxsus uskunalar o‘rnatilgan. Kelgusida xarid qilinadigan yangi poyezdlar zavodning zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalari bilan jihozlanishi kutilmoqda.

“Transport vazirligiga poyezdlar ichiga qo‘shimcha uskuna qo‘yishga tegishli ruxsatlarni olishga yordam berishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusida xarid qilinadigan yangi poyezdlar boshidan ichidagi tegishli telekommunikatsiya uskunalari bilan olinadi deb umid qilamiz. Tez harakatlanadigan va metal ko‘p ishlatilgan vagonlarda tashqaridagi aloqa signallari abonentlarga yetib borishida muammo bo‘ladi, shuning uchun ularning ichida tegishli qurilma o‘rnatilishi shart”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noma’lum fuqarolar Afrosiyob tezyurar poyezdi yo‘liga beton blok yotqizgandi. Poyezd Toshkentdan Buxoroga yo‘l olgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная