“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2026-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari narxi oshirilishini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar narxining oshishi, elektr va foydalanish xarajatlarining o‘sishi, shuningdek, xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda modernizatsiya qilish tufayli narxlar 15 foizga oshadi.
Afrosiyob elektropoyezdlari chiptalarining yangilangan narxlari:
- Toshkent – Buxoro:
- VIP – 1 138 000 so‘m;
- Biznes – 760 000 so‘m;
- Ekonom – 509 000 so‘m.
- Toshkent – Qarshi:
- VIP – 976 000 so‘m;
- Biznes – 642 000 so‘m;
- Ekonom – 429 000 so‘m.
- Toshkent — Samarqand:
- VIP – 709 000 so‘m;
- Biznes – 455 000 so‘m;
- Ekonom – 311 000 so‘m.
Shu bilan birga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi.
Avvalroq, Olmaota va Toshkent o‘rtasida har kuni poyezd qatnovi boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Rasmiylar ushbu yo‘nalishga yuqori darajadagi qulaylikka ega poyezdni qo‘yishni rejalashtirmoqda.




















