Abxaziyada O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘ Vatan urushi faxriysi Yevdokiya Kotlyarovani yong‘in paytida qutqargani uchun mukofotlandi, deb xabar berdi “ЧП Абхазия”.

Yong‘in Gagra shahrida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi Faxriddin Suyarov yonayotgan xonadonga kirib, mustaqil harakatlanmaydigan Yevdokiya Kotlyarovani olib chiqqan. Faxriddin Suyarov ko‘rsatgan jasorati uchun Gagrad tumani hokimligi tomonidan tashakkurnoma va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Yong‘inga elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Lodjiya butunlay yonib ketdi, qolgan xonalar qurum bilan qoplandi. Ma’lum qilinishicha, hech kim jabrlanmagan, nafaqaxo‘r o‘zini yaxshi his qilmoqda. Qayta tiklash ishlari tuman byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik talaba Hindistonga uchayotgan yo‘lovchini qutqarib qolgandi. Ayol yurak urishining tezlashishi, bezovtalik va o‘zini yomon his qilishidan shikoyat qildi.