Abdusalom Azizov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Prezidentning tegishli farmonlari bilan DXXning sobiq rahbari Abdusalom Azizov yangi lavozimga tayinlandi.
Prezident administratsiyasida (PA) qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Ruslanbek Quroltayevich Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Abdusalom Abdumavlanovich Azizov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Adxam Muratovich Turdiyev prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi novvoyxonada giyohvandlik moddasi topildi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs ushlandi Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi