28 Fevral 2025, 08:50 Oʻzbekiston

Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi boʻldi

Tumanga shu vaqtgacha hokimlik qilib kelgan Orif Xudoyberdiyevich Rahmonqulov esa boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Abdurahim Umarov Mirzaobod tumani hokimi boʻldi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etgan.

Sessiya ishi davomida Abdurahim Abdulhamidovich Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlangan. Tumanga shu vaqtgacha hokimlik qilib kelgan Orif Xudoyberdiyevich Rahmonqulov esa boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Maʼlumot uchun, Abdurahim Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mashhur yangiliklar