Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.
Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qitʼa futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.
Unda 2023-yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo Kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, aʼzo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarining yutuqlari eʼtirof etiladi. Ushbu oqshomda jami 21 nafar g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan.
Abbos Fayzullayev AFC Awards 2023 Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik futbolchidan tashqari yaponiyalik Kagu Navata (“Kamigaku U-18”) hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho (“Stok Siti”) ushbu mukofotga nomzodlar qatorida tilga olingan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi OʻzPFL futbolchilarga minimum maosh miqdorini belgiladi Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi