Buxorodagi yana bir uyda gaz portladi
G‘ijduvon tumanidagi uyda gaz chaqnashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uyda gaz chaqnashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 5 fevral kuni soat 18:20 larda viloyat IIB navbatchilik qismidan olingan xabarga ko‘ra, G‘ijduvon tumani “Armechan” MFYda yashovchi fuqaroning uyida chaqnash sodir bo‘lib, 1 kishi vafot etgan.
Surishtiruv harakatlari davomida fuqaroning yashash uyida o‘rnatilgan isitish pechidan gaz sizib chiqishi oqibatida xonada havo-gaz aralashmasi yig‘ilgan. Xonadon egalari yoritish chirog‘ini yoqqan paytda havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida II guruh nogironi I.T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Bildirilishicha, olib borilgan o‘rganishlar davomida yong‘in sodir bo‘lmagan va yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilmagan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman IIB va IIB TTG a’zolari chiqqan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







