17 Dekabr 2024, 18:46 •Oʻzbekiston
8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
Ohangaronda 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan o‘g‘it ishlab chiqarish sexi aniqlandi.

Toshkent viloyatida mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexi 8,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “N.” MChJga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Toshkent viloyatida 529 gramm gashish olib yurgan avtomashina fosh etildi Ikki viloyatda chiqindi yig‘imi narxlari oshdi Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyatida usta mijozning telefonidan 9 mln so‘m yechib oldi
Soʻnggi yangiliklar

2024-yilda isteʻmolchilarga 1 trln soʻm “keshbek” toʻlab berildi
7 Fevral 2025, 10:15
Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
7 Fevral 2025, 09:40
O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi
7 Fevral 2025, 08:56
Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
7 Fevral 2025, 08:20
“Oʻzgidromet” bugun qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi
7 Fevral 2025, 07:33
Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul?
6 Fevral 2025, 19:28
“O‘zgidromet”: Yanvar eng sovuq oy sifatidagi nomini oqlamadi
6 Fevral 2025, 18:48
Qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi
6 Fevral 2025, 18:03