7 Dekabr 2024, 07:22 Oʻzbekiston

7-dekabr kuni havo harorati yanada pasayadi

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

7-dekabr kuni havo harorati yanada pasayadi

“O‘zgidromet” 7-dekabr kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoldan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq —3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mukin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar