O‘zbekiston

42 darajagacha issiq: 11-avgust uchun ob-havo

Ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin.

11-avgust kuni O‘zbekistonda 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°, ba’zi joylarda 40° gacha bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30-32° gacha, kunduzi 37-42°;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная