O‘zbekiston

33 darajagacha issiq: 28-sentyabr uchun ob-havo

Faqat Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda 28-sentyabr kuni kunduzi nisbatan iliq, kechqurun salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
  • Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

Avvalroq 2025-yilning yozi odatdagidan issiqroq bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Iyul oyi eng issiq bo‘ldi.

Даниил Листвин
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная