Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jizzax viloyatida shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xoʻjaligi 3,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, energetika xavfsizligi oyligi doirasida inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Tadbirda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “J.D.S.Y.” fermer xoʻjaligi masʼullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln soʻmlik zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







