YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi
Blokirovkalarni monitoring qiluvchi GlobalCheck sayti bu ma’lumotni tasdiqladi.

YouTube platformasi Rossiyadagi mobil qurilmalarda cheklovlarsiz ishlay boshladi. Blokirovkalarni monitoring qiluvchi GlobalCheck sayti bu ma’lumotni tasdiqladi.
Hozirda barcha mobil qurilmalarda xizmat cheklovlarsiz ishlamoqda. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Wi-Fi orqali ulanishda hali ham YouTube’dan foydalanish cheklanganini ta’kidlagan. Platformada kontentni ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yozda boshlangandi. O‘shanda YouTube kompyuterlarda ishlamay qo‘ygan. Foydalanuvchilar saytga kirmoqchi bo‘lganida brauzer ulanish yo‘qligini ko‘rsatgan.
Iyul oyida Davlat dumasining axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksandr Xinshteyn yuklab olish tezligi 70 foizga tushishi mumkinligini aytgan. U bu chora hozircha mobil aloqaga ta’sir qilmasligini bildirgan. Avgust oyida “Roskomnadzor” YouTube’ga qarshi chora ko‘rishga “Rossiya va uning fuqarolariga hurmatsizlik, shuningdek, ko‘plab qonunbuzarliklar” ekanini ma’lum qilgan. Oktyabr oyida Xinshteyn “Rossiyada YouTube bloklanmagani”ni aytgan.
13-noyabr kuni “Mosfilm” direktori Karen Shanxazarov prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda YouTube sekinlashgani muammosini ko‘targan. Rossiya xalq artisti hozirgi vaziyatda platformani sekinlashtirish o‘rinsiz, degan fikrni bildirgan. Shaxnazarovga ko‘ra, Putin bunga javoban YouTube’da har xil jirkanchliklar bo‘ladi, deb aytgan, lekin hal qilishga va’da bergan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyadagi portlashda o‘zbekistonliklar jabrlangani aytilmoqda
Soʻnggi yangiliklar







