26-oktyabr kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi aytildi
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, baland togʻli joylarlarda qorga aylanishi mumkin.
“Oʻzgidromet” 26-oktyabr, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 12-14 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja boʻladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8o iliq, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.