20 Iyul 2024, 18:20 Oʻzbekiston

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etgani aytilmoqda

Xabarlarga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev bilan sudlanganlardan biri – 60 yoshli Shukurali Qurbonov unga nisbatan sud hukmi o‘qilganidan bir kun o‘tib, vafot etgan.

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etgani aytilmoqda

“Baxti Tashkentskiy” bilan birga sudlangan 36 nafar sudlanuvchidan biri vafot etgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sudlanuvchilardan biri – 1964 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Shukurali Qurbonov unga nisbatan sud hukmi e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan edi. Unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangandi.

Shukurali Qurbonovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.

Mashhur yangiliklar