26-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berildi
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
“Oʻzgidromet” 26-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, choʻl hududlarda baʼzi joylarda 6-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, baʼzi joylarda 6-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq, boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduz 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Мавзуга оид хабарлар:
“O‘zgidromet” Yangi yil kuni ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi 25-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 24-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qildi O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi 22 dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi