O‘zgidromet sinoptiklari 2025-yilning so‘nggi dam olish kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berdi.

26-dekabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda qor yog‘adi. Havo harorati 3-8 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. 28 dekabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi, shanba kuni 7-10 daraja iliqgacha, yakshanba kuni esa 10-13 daraja iliqgacha yetadi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Respublikaning ayrim hududlarida tuman bo‘lishi mumkin.

Toshkentda 26-dekabr kuni ertalabki soatlarda ozgina yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati 4-6 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmayapti. Tunda havo harorati 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Tunda havo harorati 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi. Sharqdan esayotgan shamol kuchsizdan o‘rtachagacha bo‘ladi.