2025-yilgi yangi haj mavsumi boshlandi
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.

13-may kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratini ado etish uchun jo‘nab ketdi, deb xabar berdi Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-xatiblar, mutasaddi rahbarlar, ommaviy axborot vositalari vakillari yig‘ildi.
Shunday qilib, 2025-yilgi Haj mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga uchib ketishdi. Muftiy ziyoratchilarning haj ziyoratini eson-omon ado etib, vatanlariga qaytishlarini so‘rab duo qildi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Saudiya Arabistonida ziyoratchilar uchun xavfsizlik choralarini muhokama qilgandi. Haj va umra vaziri davlatimiz rahbariga Ka’baning muqaddas kisvasidan bir parcha sovg‘a qilgan.
Izohlar