O‘zbekiston

2025-yilda O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurgan? — statistika

Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshdi.

2025-yilning yanvar-iyul oylarida 949,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 319,3 ming nafarga yoki 50,6% ga oshgan. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga sayohat qilish maqsadida kirib kelgan xorijiy fuqarolar:

  • Rossiya – 194,3 ming kishi;
  • Turkmaniston – 147,8 ming kishi;
  • Qozog‘iston – 102,9 ming kishi;
  • Qirg‘iziston – 82,1 ming kishi;
  • Xitoy – 60,8 ming kishi;
  • Tojikiston – 60,5 ming kishi;
  • Turkiya – 36 ming kishi;
  • Hindiston – 24,9 ming kishi;
  • Italiya – 20,6 ming kishi;
  • Janubiy Koreya – 18,7 ming kishi;
  • Germaniya – 17,3 ming kishi;
  • AQSH – 15,5 ming kishi;
  • Boshqa mamlakatlar – 168,5 ming kishi.

Eslatib o‘tamiz, sayyohlar o‘zbekistonliklarning uylariga kechki ovqatga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Turizmni rivojlantirishga yangi platforma yordam beradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная