2025-yilda issiqlik va issiq suv tariflari ikki marta oshiriladi
Biroq, to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berish uchun juda katta subsidiya mavjud.
2025 yil issiqlik va issiq suv tariflari 2 marotaba oshiriladi. Bu haqda 2 dekabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qildi.
Ilhom To‘rayevga ko‘ra, tarif narxlari joriy yil viloyatlarda bir marta, Toshkent shahrida esa ikki marta oshirilgan. Keyingi yildan esa tariflar viloyatlarda ham ikki marta oshiriladi.
To‘lov tizimlari bo‘yicha Koreya va qo‘shni davlatlar tajribasini o‘rganib chiqdik. Ko‘pchilikda uyda yashamasam, issiqlikka to‘laymanmi yoki to‘lamaymanmi degan savol tug‘iladi. Koreyada uyning minimal issiqligini saqlab turish uchun abonent to‘lovi olinadi. Biz tarif siyosatini to‘g‘ri yuritsak, shunda narxlarning oshishi yoki oshmasligi hal bo‘ladi, deydi To‘rayev.
Bildirilishicha, to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berish uchun juda katta subsidiya mavjud. Subsidiyadan qutulish va tizimni yangilash uchun esa narxlar qayta ko‘rib chiqilishi lozim. To‘rayevga ko‘ra, 2025 yilda tariflar o‘n besh foizdan ikki marta oshirilishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydlanilgani aniqlandi Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Toshkentda Lixiang yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urildi