12 Dekabr 2024, 18:36 Oʻzbekiston

2025 yilda ham darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi

2025 yilda maktab darsliklari va mashq daftarlari ijarasi uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi.

2025 yilda ham darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, 2025 yilda maktab darsliklari va mashq daftarlari ijarasi uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi.

Avvalroq, budjetnoma loyihasida 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab 2–11 sinflarda darslik va mashq daftarlari uchun ijara to‘lovi undirish tizimini joriy etish taklif etilgan edi.

Darsliklar va mashq daftarlarining to‘liq davlat budjeti hisobidan chop etilishi ota-onalar mas’uliyati pasayib ketishi va darsliklarga nisbatan e’tiborsiz munosabatda bo‘lish holatlarini keltirib chiqarmoqda, deya bu taklifni izohlagandi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Vazirlikning 12 dekabr kungi bayonotidan kelib chiqilsa, bu rejadan voz kechilgan.

2025 yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan, deya ma’lum qildi IMV.

Mashhur yangiliklar