7 Fevral 2025, 10:15 Oʻzbekiston

2024-yilda isteʻmolchilarga 1 trln soʻm “keshbek” toʻlab berildi

Soliq qoʻmitasiga ko‘ra, yil davomida iste’molchilar tomonidan 1 mlrd xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2024-yilda isteʻmolchilarga 1 trln soʻm “keshbek” toʻlab berildi

2024-yilda isteʻmolchilarga 1 mlrd xarid cheki uchun 1 trln soʻmdan ortiq “keshbek” toʻlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Toʻlangan “keshbek”lar boʻyicha yetakchi hududlar:

  • Toshkent shahri – 412,2 mlrd soʻm;
  • Toshkent viloyati – 107,1 mlrd soʻm;
  • Samarqand viloyati – 93,2 mlrd soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 75,6 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati – 52 mlrd soʻm.

Maʻlumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun “keshbek” 2022-yilda joriy qilingan.

2024-yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik “keshbek” summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi — BHM 60 baravari.

Mashhur yangiliklar