1-iyuldan fuqarolarning hujjatlari elektron shaklda ham tan olinadi
O‘zbekistonda 1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi.
Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda ijtimoiy karta tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.
Bunda banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda bir qator hujjatlarning qog‘oz shakli talab etilmaydi. Jumladan:
- O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
- O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID kartasi;
- haydovchilik guvohnomasi;
- tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
- nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
- nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
- transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
- pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID kartasi);
- nogironlik to‘g‘risida maʼlumotnoma;
- transport vositasining majburiy sug‘urta (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi;
- oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
- talabalik guvohnomasi;
- yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
- turar joy obyektlarining kadastr pasporti;
- jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.
Mazkur hujjatlarning portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi Transportda yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati baholanadi Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi