Xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi
O‘zbekistonlik 38 yoshli qo‘shiqchi Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi.
Xonanda Munisa Rizayeva 24-noyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida joylashgan klinikalardan birida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda xonandaning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishdi.
Munisa bir necha kun avval Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob berar ekan, farzandini kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgandi. Shuningdek, xonanda bir muddat avval farzandiga Muhammad yoki Daniel ismini qo‘ymoqchi ekanligini ham ma’lum qilgan.
Munisa Argentina tibbiyotining rivojlanganligi bo‘yicha dunyoda 33-o‘rinda turishini aytib, aynan shuning uchun farzandini aynan Buenos-Ayresda dunyoga keltirishi haqida ham gapirib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva 2023-yilning 7-sentabrida belaruslik Arseniy ismli yigitga turmushga chiqqan edi. Xonanda farzand kutayotgani haqidagi yangilikni muxlislariga 2024-yilning may oyida ma’lum qilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Argentinada soliq xizmati tugatildi Xonanda Osman Navro‘zov ham jarimaga tortildi