Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejimni joriy qildi
Bungacha Oʻzbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Joriy yilning 15-iyul kunidan eʼtiboran Tailand hukumati 93 davlat, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun, 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin boʻlgan davlatlar soni 57 ta edi. Roʻyxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston ham bor.
Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi. Oʻz navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va maʼlum muddatdan soʻng bekor qilinishi ham mumkin.
Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida oʻzaro vizadan ozod qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. 15-iyulga qadar Oʻzbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShda noqonuniy migratsiyaga yordam beruvchilarga viza cheklovlari joriy qilindi Ўзбекистон ва Уммон дипломатик паспорт эгаларини виза талабидан озод этиш шартномасини имзолади Польша ўзбекистонликлар учун виза бериш тартибини соддалаштириши мумкин АҚШнинг Ўзбекистондаги элчихонаси янги виза олиш тизимини ишга туширди ТИВ: Таиланд виза режими узайтирилиши бўйича расман ҳеч қандай маълумот эълон қилгани йўқ