3 Mart 2025, 16:25 Layfstayl

Sitora Farmonova katta orzusi amalga oshganini aytdi (video)

Aktrisa uzoq vaqtdan beri kutib yurgan orzusi bitta tortni kesgandan so'ng bir haftada amalga oshganini ma'lum qildi.

Sitora Farmonova katta orzusi amalga oshganini aytdi (video)

Aktrisa Sitora Farmonova tort kesish jarayonida tilak tilagani va ushbu tilagi bir haftadan so‘ng amalga oshganini aytdi.

San’at vakilasi hozircha bu nima ekaniga oydinlik kiritmagan. Storislardan ko‘rinishicha, u dam olish maqsadida borgan davlatida tort kesgan.

“Men bu yerda bir haftadan so‘ng tilagim amalga oshishini o‘ylamagan holda tort kesyapman. Bir hafta o‘tib, hammasi ijobat bo‘ldi”, — deb yozadi aktrisa.

Farmonova ayni paytga qadar bu tilak nima ekani va u qay shaklda amalga oshganini ma’lum qilmagan. U bu sirni qachon ochishini ham aytib o‘tmagan.

Mashhur yangiliklar