O‘zbekiston va Gruziya hamkorligida qo‘shma filmlar yaratiladi
Bahodir Ahmedov Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukianini “Sharq taronalari” XIII xalqaro festivaliga taklif etib, maxsus taklifnomalarni topshirdi.
O‘zbekiston va Gruziya hamkorligida qo‘shma filmlar yaratiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, 10-iyul kuni “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” doirasida Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukiani xonim hamda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasida ham tobora rivojlanib borayotgani hamda 9-12-iyul kunlari Gruziyada bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” madaniy hamkorlik namunasi ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida, hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar ko‘rib chiqildi:
- kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma filmlar yaratish;
- madaniyat va san’at festivallarida muntazam ishtirok etish amaliyotini davom ettirish;
- ikki davlat filarmoniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekiston va Gruziya ijodiy jamoalari o‘rtasida tajriba almashish dasturlarini tashkil etish;
- madaniyat sohasidagi oliy o‘quv yurtlari, teatrlar, shuningdek, musiqa maktablari va madaniyat markazlarida mahorat darslari o‘tkazish uchun o‘qituvchilar va rassomlarning o‘zaro tajriba almashinuvini tashkil etish.
Ushrashuv yakunida Bahodir Ahmedov Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukianini “Sharq taronalari” XIII xalqaro festivaliga taklif etib, maxsus taklifnomalarni topshirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ўзбекистонда «Тирик тарих» туркум фильмлари яратилади Ўзбекистон ва Грузия ўртасидаги товар айирбошлаш ҳажми 23 фоизга ошди