Madaniyat vaziri reklama qilgani aytilgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi Ozodbek Nazarbekov reklama qilgani aytilgan kiyim do‘koniga moliyaviy jarima qo‘lladi.

Iyul oyi avvalida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyimlar do‘konini reklama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha Kingsman Uzbekistan brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi Boutique MCHJ “Reklama to‘g‘risidagi” qonunning 16-moddasini buzgan deb topdi.
Natijada ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilingan. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Maxsus komissiya tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida madaniyat vazirining reklamada ishtirokini reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi yoki reklama tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmadi.
O.Nazarbekov reklamani o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmagani “Reklama to‘g‘risidagi” qonunga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







