17 Avgust 2024, 10:15 Jahon

Yer aholisi 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh bo‘ladi

Mutaxassislar 19-avgust kuni osmonda “Bakra Oyi” ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

Yer aholisi 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh bo‘ladi

2024-yilning 19-avgustida eng ajoyib astronomik hodisalardan biri ro‘y beradi: osmonda “Bakra Oyi” ko‘tariladi. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, bu yil 19-avgust, 17-sentyabr, 17-oktyabr va 15-noyabr kunlari super Oy hodisasi ro‘y berishi kutilmoqda, ammo birinchi super Oy o‘zgacha bo‘lishi aytilmoqda.

Avgust oyida sodir bo‘ladigan to‘lin Oylardan birining nomi “Bakra Oyi”. Bu nom yilning shu davrida buyuk ko‘llarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bog‘liq.

“Moviy Oy” nomining rangga hech qanday aloqasi yo‘q. U inglizcha “One in a Blue Moon” iborasi bilan bog‘liq. Moviy Oyning ikki turi mavjud: mavsumiy va oylik. 19-avgustda sodir bo‘ladigan moviy Oy mavsumiy bo‘ladi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda.

Bunday hodisalar orasidagi interval 20 yilgacha bo‘lishi mumkin. “Bakra Oyi” va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.

Super Oy hodisasi vaqtida Oy odatdagidan ancha yorqinroq va kattaroq ko‘rinadi, lekin aslida bunday bo‘lmaydi. “Oy illyuziyasi” mavjud, unda Oy ufqqa yaqin bo‘lganda osmondagi balandligiga qaraganda kattaroq ko‘rinadi.

Oyning kraterlarini ko‘rish uchun teleskop yoki durbindan foydalanish mumkin.

Mashhur yangiliklar