Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi
South China Morning Post yozishicha, bu virus odamlarga COVID-19 ga o‘xshash yo‘llar bilan yuqadi.

Xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklar orasida koronavirusning yangi turi aniqlanganini ma’lum qildilar. South China Morning Post yozishicha, bu virus odamlarga COVID-19 ga o‘xshash yo‘llar bilan yuqadi.
Aniqlangan tur ilk bor Hongkongdagi yapon ko‘rshapalagi(netopir)da topilgan. Yangi virus ustidagi tadqiqotlar Guanchjou laboratoriyasida Xitoy Fanlar akademiyasi bo‘limi, shuningdek, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti mutaxassislari hamkorligida olib borildi.
Yangi virus inson hujayralarini zararlashi mumkin. Ko‘rshapalak merbekoviruslari odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali yoki oraliq tashuvchilar vositasida yuqishi ehtimoli katta.
Olimlar yangi virus turini HKU5-CoV-2 deb atadi. Virusologlarning aytishicha, bu virus “keng ko‘lamli tashuvchilarga ega bo‘lishi, turlar o‘rtasida uning tarqalish ehtimoli yuqori” bo‘lishi mumkin. Ular hozircha vahimaga sabab yo‘qligini ta’kidladi, ammo virus yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston bir yilda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi Hindistonda 20 ga yaqin odam noma’lum kasallikdan vafot etdi O‘zbekistondan Xitoy va Rossiyaga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi AQSh Kongressi koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilganiga dalil topdi
Soʻnggi yangiliklar







