19 Iyul 2024, 15:01 Jahon

Windows tizimidagi nosozlik tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Mazkur tizim bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Xususan, Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.

Windows tizimidagi nosozlik tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Turli mamlakatlardagi aviatashuvchilar, televideniye va radioeshittirishlar, banklar va supermarketlar Windows qurilmalarining ommaviy nosozligi tufayli operatsion muammolar haqida xabar berishmoqda, deya yozdi BBC News va The Guardian.

IT tizimlarining nosozlik sababi hozircha aniqlanmagan, biroq muammo Crowdstrike dasturi yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb yozdi The Guardian.

Nosozlik Avstraliya, Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda kuzatilmoqda. Texnik muammolar tufayli Britaniyada Sky News telekanalida uzilish bo‘ldi. Avstraliyada Melburn va Sidney aeroportlarida yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tish kechikishi haqida ogohlantirildi.

AQShda yirik aviakompaniyalar, jumladan United Airlines, Delta Air Lines va American Airlines aloqa bilan bog‘liq muammolar tufayli parvozlarni to‘xtatdi. Bloomberg nashrining qayd etishicha, London fond birjasida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

Microsoft muammolar kuzatilayotganini tan oldi va vaziyatni hal qilishga urinayotganini bildirdi.

Mashhur yangiliklar