Vaziyat jiddiylashmoqda. Pokistonda ham maymunchechak virusi aniqlandi
BAAda bo‘lib qaytgan 34 yoshli pokistonlik erkakda maymunchechak kasalligi aniqlandi.
Pokistonda ham maymunchechak bilan kasallanganlar aniqlandi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.
Mamlakatning Xayber-Paxtunxva provinsiyasidagi mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi bemorlarda aniqlangan uchta holat haqida ma’lumot berar ekan, ularning xorijdan kirib kelganiga ishora qilgan. Ularda kasallikning qaysi turi mavjudligi hozircha aniq emas. Bemorlarning barchasi karantinga olingan.
Pokistonda maymunchechak kasalligi 34 yoshli erkak Birlashgan Arab Amirliklaridan kirib kelganida qayd etilgan. Joriy yilning 3 avgust kuni u Peshovarga yo‘l olgan va shu kuni betob bo‘lib, bemor zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Xayber-Paxtunxva sog‘liqni saqlash xizmati bosh direktori Salim Xon bemorlarning ikki nafarida maymunchechak virusi (M-pox) borligini tasdiqlagan. Uchinchi bemorning namunalariga aniqlik kiritish uchun poytaxt Islomoboddagi Milliy sog‘liqni saqlash institutiga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi O‘zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini beradi Sanepidqo‘mita: O‘zbekiston aholisining katta qismi maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitetga ega