
Van Damm vakili odam savdosi ishi boʻyicha ayblovlarga munosabat bildirdi
Aktyorga shahvoniy xizmatlar uchun modellar yetkazib berish aybi qoʻyildi.

Belgiyalik aktyor Jan-Klod van Dammning odam savdosiga aloqadorligi, xususan, voyaga yetmaganlarning jinsiy xizmatlaridan foydalanganligi haqidagi ayblovlar asossiz va bemaʼni, dedi aktyorning vakili Patrik Goavek People nashriga.
Maʼlumotlarga koʻra, belgiyalik sanʼatkorning ismi Ruminiya rasmiylarining modellik agentligi egasi Morel Bolga nisbatan tergovi doirasida paydo boʻlgan, u huquq-tartibot idoralari tomonidan jinsiy xizmatlar uchun qizlarni yetkazib beruvchi tarmoq yaratganlikda ayblangan. Xususan, jabrlangan qizlardan birining aytishicha, 2015-yilda Kanndagi tadbirlardan birida Van Dammga goʻyoki beshta model “tunash uchun yuborilgan.”
Aktyorning vakili Patrik Goavekning taʼkidlashicha, aktyor bu kabi bemaʼni va asossiz daʼvolarga izoh berishdan yoki ularni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortmoqda. Morel Bol ishi boʻyicha ayblanuvchining oʻzi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 2020-yilda hibsga olingan va oʻshandan beri tergov qilinmoqda. Tartib posbonlari modellik agentligi egasini modellik niqobi ostida yosh ayollarni ekspluatatsiya qilganlikda ayblamoqda.
Soʻnggi yangiliklar







