14 Aprel 2025, 11:11 Jahon

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol erini pichoqlab oʻldirdi

Moliyaviy muammolar tufayli er-xotin oʻrtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuvga aylandi.

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol erini pichoqlab oʻldirdi

Turkiyada 28 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Istanbulda turmush oʻrtogʻini pichoqlab oʻldirdi, deb xabar bermoqda Hurriyet.

Hodisa 6-aprel kuni Qartol tumanida sodir boʻlgan. Ayol 42 yoshli turmush oʻrtogʻi bilan moliyaviy sabablarga koʻra janjallashib qolgan. Kelishmovchilik janjalga aylanib, ayol erini pichoqlab oʻldiradi. Keyin taksi chaqirib, “erim kasal boʻlib qoldi, shifoxonaga borishim kerak”, deb olib borib qoʻyishni soʻradi.

Taksi haydovchisi qonga belangan erkakni koʻrib, 112 raqamiga qoʻngʻiroq qilgan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari yetib kelgan. Ayol hibsga olingan, marhumning jasadi ekspertizaga yuborilgan. Keyinchalik jasadni oila aʼzolari olib ketib, dafn etishgan. Maʼlum qilinishicha, er-xotin 4 yildan buyon turmush qurib, farzandli boʻlgan.

Mashhur yangiliklar