Tramp yil odami deb topildi
Time jurnali Donald Trampni 2024-yil uchun yil odami deb e’lon qildi.
12-dekabr kuni Time jurnalida chop etilgan maqolada Trampni “dunyodagi eng qudratli odam” deb atashdi.
Trampning siyosiy tiklanishi Amerika tarixida o‘xshashi yo‘q voqelik. Uning birinchi muddati sharmandalik bilan yakunlandi: 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishlar AQSh Kapitoliysiga hujum bilan yakunlandi… Iyul oyida Pensilvaniya shtatining Batler shahridagi mitingda qotilning otgan o‘qi uning boshidan bir dyuymdan kamroq masofada kesib o‘tdi.
Keyingi to‘rt oy ichida u bir emas, ikkita muxolif demokratni ortda qoldirdi, “tebranayotgan” yettita shtatning barchasida g‘alaba qozondi. U Amerika siyosatini o‘zgartirib, Respublikachilar partiyasini qayta tuzdi va demokratlarni nima noto‘g‘ri bo‘lgani haqida o‘ylashga majbur qildi, deyiladi jurnal e’lon qilgan maqolada.
Time ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil uchun nomzodlar ro‘yxatiga, xususan, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris, tadbirkor Ilon Mask, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Aleksey Navalniyning ayoli Yuliya Navalnaya kirgandi.
Time jurnali 1927-yildan beri so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan odamni nomlab keladi, bu ta’sirning qandayligi ahamiyatsiz. Time allaqachon Trampni 2016-yilda, u birinchi marta AQSh prezidenti bo‘lganida yil odami deb atagan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston JST bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarni yakunladi Jizzax fuqaroni AQShga yuborish evaziga 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi AQSh Kongressi koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilganiga dalil topdi AQSh Xorazmda pedofillikda ayblangan sobiq amaldorlarga sanksiya kiritdi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi