Tramp suiqasddan keyin ilk marta omma oldida koʻrinish berdi
Donald Tramp saylov kampaniyasi uchun aynan tadbirkor Vensni vitse-prezident sifatida tanlagan.
AQSH sobiq prezidenti va noyabrda oʻtajak saylovda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida koʻrsatilgan Donald Tramp 13-iyul kuni unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan ikki kuni oʻtib ilk marta omma oldida koʻrinish berdi.
Tramp 15-iyul kuni Miluokidagi Respublikachilar partiyasi qurultoyida koʻrinish berdi. Amerikalik fotograf Evan Vichchi eʼlon qilgan suratda Trampning qulogʻi bogʻlab qoʻyilganini koʻrish mumkin. Suratda uning yonida senator Jey Di Vens turibdi.
Tramp saylov kampaniyasi uchun aynan tadbirkor Vensni vitse-prezident sifatida tanlagan. Partiya qurultoyida Tramp Respublikachilar partiyasining noyabrdagi prezidentlik saylovlaridagi yagona nomzodi sifatida qayd etilgan. Florida delegatsiyasi Trampga hal qiluvchi ustunlikni taqdim etgan.