Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
2025-yilning yozidan Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkentdan Issiqko‘lga 2025-yilning yozidan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MDHga O‘zbekiston va Qirg‘iziston temiryo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi obyektlarini taʼmirlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, 2025-yil yozida Toshkent—Ribachye yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.