Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
Amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan mikroRNKni kashf qilgani uchun bu yilgi mukofot bilan taqdirlandi.
Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkanga berildi.
Olimlar “mikroRNKni kashf qilgani va genlar ekspressiyasining transkripsiyadan keyingi boshqaruvida ularning rolini o‘rgangani uchun” Nobel bilan taqdirlandi.
Ambros va Ravkan ishlarining katta qismi molekulyar biologiya va genetikaga bag‘ishlangan. Ular 1993 yilda mikroRNKni kashf etgan. Ularning tadqiqotlari natijalari klonlash va sekvenirlash rivojlanishiga turtki bo‘ldi, deyiladi Nobel mukofoti saytida.
MikroRNK — ribonuklein kislotasining qisqa molekulalaridan iborat alohida sinf bo‘lib, boshqa molekulalar qatori ko‘plab genlarning faolligini belgilaydi. Ko‘p hollarda organizmning u yoki bu hujayralarida ma’lum bir genning faollashishi aynan mikroRNKga bog‘liq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti yapon tashkilotiga berildi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi Kimyo bo‘yicha Nobel sovrindorlari aniqlandi Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Jon Xopfild va Jeffri Xintonga nasib qildi