29 Noyabr 2024, 11:37 Jahon

Seulda so‘nggi 100 yildagi eng kuchli qor yog‘di

Ob-havo noqulayligi tufayli transport harkati to‘xtatildi. Mamlakat aeroportlarida 220 ta reys bekor qilindi.

Seulda so‘nggi 100 yildagi eng kuchli qor yog‘di

Seulda 100 yildan buyon rekord darajadagi eng kuchli qor yog‘di. Janubiy Koreya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 27-noyabr kuni ertalab 16,5 sm qalinlikda qor yog‘gan.

Bu qor 1972-yil noyabr oyidagi qalinligi 12,4 santimetrga yetgan avvalgi maksimal ko‘rsatkichdan oshib ketdi, deb yozadi The Guardian.

Qor 26-noyabr kuni boshlanib, 2024-yilgi qish mavsumining birinchisi bo‘ldi. Koreya meteorologiya boshqarmasining aniqlik kiritishicha, bu qor 1907-yildan beri davom etayotgan kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli qor bo‘lgan.

Kuchli yog‘ingarchilik nafaqat poytaxtda, balki respublikaning markaziy, sharqiy va janubi-g‘arbiy viloyatlarida ham qayd etilgan. Ayrim hududlarda qor qalinligi 23 sm ga yetgan.

Ob-havo noqulayligi tufayli transport harkati to‘xtatildi. Mamlakat aeroportlarida 220 ta reys bekor qilindi. Yo‘llarda, ayniqsa Seulda muz hosil bo‘lib, jiddiy tirbandliklarni keltirib chiqardi.

Mashhur yangiliklar