Saudiya Arabistoniga bormoqchi bo‘lganlar ogohlikka chaqirildi
Saudiya Arabistoni noqulay ob-havo sharoiti sabab mamlakatga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlarni ogohlikka chaqirdi.
Saudiya Arabistoni Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
So‘nggi kunlarda Saudiya Arabistoni ayrim hududlarida, jumladan, Makka va Madina kabi ikki shaharlarda kuchli yomg‘ir va shamol kuzatildi.
28—29-avgust kunlari Madina shahrida kuchli shamol esib, shiddatli yomg‘ir yog‘gani sabab suv toshqinlari kuzatildi. Shahardagi bir qator yirik ko‘cha va yo‘llarga, avtomobillarga jiddiy zarar yetdi. Ayrim turar joy binolari suv ostida qoldi.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni Milliy meteorologiya markazi va fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi Madina shahri va uning atrofidagi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli ogohlantirish darajasi qizil ranggacha ko‘tarilganini e’lon qildi. Bunday ob-havo sentyabr oyining birinchi o‘n kunligiga qadar davom etishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Fuqaro muhofazasi bosh boshqarmasi fuqarolar va xorijlik mehmonlarni momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Dovul tufayli qirollikdagi maktab, kollej va universitetlarda darslarni onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Saudiyadan O‘zbekistonga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi Saudiya Arabistonida 200 ga yaqin odam qatl qilindi Krishtianu Ronaldu jazoga tortilishi mumkin Саудия Арабистонида Ҳаж вақтида 10 га яқин Ўзбекистон фуқароси вафот этди